07:30 / 03.12.2022
1 503

Ukraina urushda halok bo‘lganlar sonini ma’lum qildi

Ukraina urushda halok bo‘lganlar sonini ma’lum qildi
Rossiya bosqinidan so‘ng Ukraina qo‘shinli 10-13 ming askar yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina yo‘qotishlarini 100 ming atrofida deb baholab xatoga yo‘l qo‘ygan.

Shubhasiz, Ursula xonim xato qildi. Shu sababli ular videoni o‘chirib tashladi. Bizda Oliy Bosh qo‘mondonga berilgan Bosh shtab ma’lumotlari bor. U 10-13 ming atrofida. Ammo bizda yaradorlar ko‘p”, – degan Podolyak.

Shu bilan birga u halok bo‘lgan fuqarolar ham 20 ming emasligini ham ta’kidlagan. Shu bilan birga siyosatchi Rossiya tomonidan vaqtincha egallab olingan hududlarda ko‘plab ommaviy qabrlar va qiynoq kameralari borligini eslatib o‘tdi.

Biz ko‘plab xalqaro platformalarda Rossiya harbiylar bilan jangda yutqizayotganini, shuning uchun oddiy fuqarolar bilan jang qilayotganini aytganmiz”, – deb qayd etgan Podolyak.

30 noyabr tongda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning Tvitter sahifasida Ukraina urushda 100 ming askar va 20 ming oddiy fuqarolarni yo‘qotgani to‘g‘risida video paydo bo‘ldi. Keyinchalik bu tvit o‘chirib tashlangan. Uning o‘rniga sahifada yuqoridagi ma’lumotlar olib tashlangan boshqa video paydo bo‘lgan.

O‘z navbatida YEK rasmiy vakili Dana Spinant yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlar tashqi manbalardan olinganini, u o‘ldirilganlar va yaradorlarni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan.

Keyinchalik Zelenskiyning vakili Sergey Nikiforov yo‘qotishlar nozik mavzu ekanini va bu haqda to‘liq ma’lumotni qo‘shinlar qo‘mondoni, mudofaa vaziri yoki prezident bera olishini ta’kidlagan.

Ukraina armiyasi bosh shtabida ham Yevropa Komissiyasi raisi ma’lumotlarini tasdiqlashmagan. Ular yo‘qotishlar ichki ma’lumotlar ekanini va o‘ta tor doirada ochiqlanishi mumkinligini aytishgan.

Bunga qadar Ukraina urushdagi yo‘qotishlari haqida ma’lumotlarni ochiqlamagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina urushda halok bo‘lganlar sonini ma’lum qildi