11:30 / 03.12.2022
975

Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yangi aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yangi aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkentga parvozlar 17 dekabrdan boshlab Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqandga parvozlar 16 dekabrdan Airbus A319 samolyotlarida chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi.

«O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning ochilishi Peterburg aholisi uchun Markaziy Osiyoning eng qiziqarli davlatlaridan biriga sayohat qilish imkoniyatini kengaytiradi», deyiladi aviakompaniya xabarida.

18 noyabr kuni Ummoning Salam Air aviakompaniyasi ilk bor Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘ygandi. Muntazam reyslar haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo