07:59 / 06.12.2022
2 696

OAV Rossiyadagi aerodromlarga qilingan hujumlar haqida ma’lumot berdi

OAV Rossiyadagi aerodromlarga qilingan hujumlar haqida ma’lumot berdi
Foto: Maxar texnologies
Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasi Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels aerodromlariga uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) tomonidan uyushtirilgan hujumlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Material nashr saytida 5 dekabr, dushanba kuni e’lon qilindi.

Shunday qilib, gazetaning yozishicha, dronlar Ukraina hududidan uchirilgan. Zarbalarning kamida bittasi baza yaqinida joylashgan va dronlarni nishonga yo‘naltirishga yordam bergan Ukraina maxsus kuchlari yordamida amalga oshirilgan, deb ta’kidladi NYT manbasi.

Zarbalar Kiyevning Rossiya hududi ichkarisidagi bazalariga hujum qilishga tayyorligidan dalolat beradi va to‘qqiz oylik urushda birinchi marta Ukrainaning shunday katta masofalarga zarba berish qobiliyatini namoyish etdi, deb yozadi gazeta.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, zarbalar sovet ittifoqi paytida ishlab chiqarilgan reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) tomonidan amalga oshirilgan - go‘yoki Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi samolyotlarini yaroqsiz holga keltirish maqsadida.

Rossiya idorasining da’vo qilishicha, past balandlikda uchayotgan Ukraina UUA Rossiya harbiy-kosmik kuchlari havo mudofaasi tomonidan to‘xtatilgan. Rossiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aerodromlarida uchuvchisiz uchoq bo‘laklarining qulashi va portlashi natijasida ikkita samolyotning korpusi «ozgina shikastlangan». Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, aerodromda bo‘lgan texnik xodimlarning uch nafari halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan.

Volga federal okrugidagi Engels aerodromi Tu-160 tovushdan tez strategik raketa tashuvchi bombardimonchi samolyotlar, shuningdek, Tu-95 turbovintli strategik raketa tashuvchi bombardimonchilar uchun baza hisoblanadi. Tu-95MS Rossiya yadro triadasining tarkibiy qismidir. Ukraina tomonining fikricha, aerodrom Ukraina infratuzilmasiga zarba berish uchun samolyotlar uchiriladigan joy hisoblanadi.

Dyagilevo aerodromi - Moskvadan taxminan 200 km masofada. Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkov u yerda halok bo‘lganlarning oilalariga yordam ko‘rsatilishini aytdi.

Obyektlar Ukraina bilan chegaradan taxminan 483-724 kilometr uzoqlikda joylashgan va Ukraina arsenalidagi raketalar uchish masofasidan tashqarida joylashgan, deya ta’kidladi NYT.

Kiyev rasmiy ravishda sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi, masalan, avvalroq Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi hujumlar kabi, deya ta’kidlaydi gazeta.

Ukraina prezidenti devoni boshlig‘i maslahatchisi Mixaylo Podolyak Twitter'da eslatma joylashtirdi.

«Yer - dumaloq. Uni Galiley kashf etgan. Achinarlisi, Kremldagilar astronomiyani o‘rganmagan, saroy munajjimlarini afzal ko‘rgan», - deydi u. «Aks holda, ular (Kremlda) boshqa mamlakatlar havo hududiga tez-tez biror narsa uchirilsa, ertami-kechmi noma’lum uchar obyektlar jo‘nab ketgan joyga qaytishini bilishardi», — deya qo‘shimcha qildi Podolyak.

5 dekabr, dushanba kuni Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga yangi raketa zarbalari qayd etildi. Havo hujumi haqida ogohlantirish deyarli butun mamlakat bo‘ylab yangradi. Cherkassk, Zaporijjya, Kiyev, Vinnitsa, Odessa viloyatlari, Xarkiv va Xersonda portlashlar sodir bo‘ldi. Odessa, Jitomir va Nikolayevda elektr energiyasi qisman o‘chirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV Rossiyadagi aerodromlarga qilingan hujumlar haqida ma’lumot berdi