2022 yilning 7-10 dekabr kunlari Moskva shahrida “Adolat va mo‘tadil: dunyo tartibining ilohiy tamoyillari” XVIII Xalqaro musulmonlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiyada davlat miqyosida Volga Bulg‘oriyasi halqlari tomonidan Islom dinini qabul qilganining 1100 yillik bayrami nishonlanmoqda. Xalqaro musulmonlar forumi ushbu bayram doirasidagi yakuniy tadbirga aylandi.
Forum ishtirokchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning murojaatlari o‘qib eshittirildi.
Xususan “Ushbu bayramni keng nishonlash Rossiya musulmonlar ummatini jipslashtirish hamda dunyo musulmonlari orasida Rossiyaning obro‘yini orttirishga xizmat qiladi.
Yuzlab yillar davomida Rossiya musulmonlari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, davlatni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelishmoqda. Bugun ham, maxsus operatsiya doirasida musulmon askarlarimiz fidokorlik va jasorat namoyish qilishmoqda.
Barchangizga muvaffaqiyat tilayman”, - deyilgan Rossiya prezidenti so‘zida.
Forumda ishtirok etish uchun dunyoning o‘nlab davlatlaridan bir necha yuzlab nufuzli mehmonlar Moskvaga tashrif buyurishdi. Ular orasida Turkiya Din ishlari boshqarmasi boshlig‘i doktor Erbas, Islom Mazhablarini Yaqinlashtirish Butunjahon Assambleyasi Bosh Kotibi Doktor Hamid Shahrioriyning va boshqa qator shaxslar bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi