16:38 / 13.12.2022
1 833

AQSH Afrikada Rossiya va Xitoy ta’siri kuchayishidan xavotirda

AQSH Afrikada Rossiya va Xitoy ta’siri kuchayishidan xavotirda
Rossiya va Xitoyning “qora qit’a” bilan harbiy, iqtisodiy va diplomatik munosabatlari yaxshilanayotgan bir paytda AQSH ma’muriyati bugun Vashingtonda 50 nafarga yaqin Afrika yetakchilarini qabul qiladi.

3 kun davom etadigan AQSH-Afrika Liderlar Sammitida Vashington “qora qit’a” davlatlari bilan sog‘liqdan iqlim o‘zgarishigacha, iqtisodiyotdan Ukraina-Rossiya urushiga qadar turli mavzularda fikr almashadi.

Sammitda Rossiya yollanma askarlarining Afrika mamlakatlariga joylashtirilishi va Xitoyning iqtisodiy ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq xavotirlar ham kun tartibidan o‘rin olishi kutilmoqda.

Qit’a bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni xohlayotganliklarini e’lon qilgan Oq uy rasmiylari, AQSH Prezidenti Jo Bayden sammit chog‘ida Afrika Ittifoqining G-20 tarkibidan joy olishini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilishini ma’lum qildi.

Afrika Ittifoqi va unga a’zo davlatlar yillar davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida ham, G-20 kabi tuzilmalarda ham doimiy o‘ringa ega bo‘lishni xohlaydi.

Vashington Xitoy va Rossiyaning ta’siridan xavotirda

Ukrainadagi urush sabab energiya va oziq-ovqat muammolaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Afrika davlatlari rahbarlari sammitda bu mavzuni ko‘tarishi kutilmoqda.

Afrika davlatlarining urush tufayli Rossiyaga ochiq munosabat bildirmaganligi AQSHning qit’a davlatlari bilan diplomatik aloqalari zaiflashdi, deb talqin qilinishiga olib keldi.

Urush davom etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qit’aga tashrifi chog‘ida ba’zi davlatlarni o‘z tomoniga tortishga harakat qildi.

Lavrovdan so‘ng Afrika bo‘ylab “sayohat qilgan” amerikalik hamkasbi Entoni Blinken mamlakati Afrika davlatlarini teng huquqli sheriklar sifatida ko‘rishini aytdi.

Sammitda Xitoyning Afrika davlatlaridan uzluksiz qarzi bo‘yicha AQSHning tanqidlari yana ko‘tarilishi mumkin. Xitoyning qit’ada iqtisodiy ishtirokini kuchaytirishidan bezovta bo‘lgan Vashington tabiiyki savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qit’ada xususiy sarmoyalarni ko‘paytirishni xohlaydi.

AQSH sammitga Mali, Burkina Faso, Sudan va Gvineyani harbiy to‘ntarishlar tufayli, Eritreyani esa diplomatik aloqalari zaif bo‘lgani uchun taklif qilmadi.

Shu bilan birga, oxirgi yillarda ichki to‘qnashuvlar va inson huquqlari buzilishi tufayli AQSH tomonidan tanqid qilingan va sanksiyalarga uchraganiga qaramay Efiopiya, Zimbabve kabi davlatlar sammit ro‘yxatidan o‘rin egallagani ma’lum bo‘ldi.

2021 yilda Afrikaga 26,7 milliard dollarlik eksport va 37,6 milliard dollar import qilgan AQSH o‘nlab mamlakatlarga mahsulotlarni bojxona tariflarisiz o‘z mamlakatlariga import qilish imtiyozini beradi.

2011 yili AQSH qit’aga 32,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi va qit’adan 93 milliard dollar import qildi.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning 2018 yilda Afrikaning ayrim davlatlariga nisbatan haqoratlari va viza cheklovlari qit’a davlatlari va AQSH o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarganini ham unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Afrikada Rossiya va Xitoy ta’siri kuchayishidan xavotirda