Anqarada qurilgan yangi prezident saroyi 615 million dollarga tushgan

Anqarada qurilgan yangi prezident saroyi 615 million dollarga tushgan
Anqarada qurilgan yangi prezident saroyi 615 million dollarga tushgan

Anqaradagi 615 million dollarlik yangi prezident saroyi arxitektorlar va muxolif partiyalar orasida o‘z o‘lchami va qiymati bilan turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deya xabar beradi "Hurriyet Daily News".

«Rönesans Xolding» qurilish kompaniyasi boshlig‘i Ermen Ilikak bunga o‘z munosabatini bildirdi: "Bahslarga sabab bo‘lgan bino kelajak avlodga munosib meros bo‘lib qoladi. Biz Rossiyada bundan ham ulkanroq savdo markazlarini barpo etganmiz. Bu saroy Turkiya uchun kattalik qiladi deyayotganlarni tushunmadim ". Ilikak saroyda minglab xona borligini inkor etishini qo‘shimcha qildi.

Qayd etib o‘tamiz, ushbu saroyida Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Vladimir Putin va Rim Papasi Fransiskni qabul qilishga ulgurdi.

Foto: hurriyetdailynews.com
Tekst: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar