13:00 / 19.12.2022
1 054

Fransiya prezidenti JCH—2022 finali haqida: «Dide Deshamdan terma jamoada qolishini so‘radim»

Fransiya prezidenti JCH—2022 finali haqida: «Dide Deshamdan terma jamoada qolishini so‘radim»
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCH—2022 finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Birinchi bo‘limdan so‘ng biz juda orqada edik. Biroq bunday kambeklar kam bo‘lsa-da, avval ham amalga oshgan. Qiyinchilik bilan hisobni tenglashtira oldik. Mbappe aql bovar qilmas ish bajardi. To‘g‘ri, bu butun jamoaning ham mehnati.

Ishtiyoqimiz qaytdi, jamoamga qattiq ishondim. Qo‘shimcha bo‘limlarda yana bir mo‘jiza amalga oshirdik, imkoniyat ham bor edi (123-daqiqada Kolo-Muanining zarbasini Emiliano Martines qaytarib yubordi).

Mbappe — ajoyib futbolchi, u hali 24 yoshda. Bu haqida uning o‘ziga eslatib qo‘ydim. U chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, o‘tgan safar esa champion bo‘lgandi.

Xuddi Mbappe kabi men ham qayg‘udaman. Kilianga undan faxrlanishimni aytdim, biz shunchaki futbol o‘yinini yutqazdik. Sport shunaqa.

Deshamni terma jamoada qolishini xohlayman. Undan bu haqida o‘ylab ko‘rishini so‘radim
", - dedi Makron.

Fransiya terma jamoasi Argentinaga qarshi JCH—2022 finalida ishtirok etdi. Asosiy bo‘limlarda durang natija qayd etilib, jamoalar penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. Penaltilarda Argentinaning qo‘li baland keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya prezidenti JCH—2022 finali haqida: «Dide Deshamdan terma jamoada qolishini so‘radim»