
Foto: Anadolu
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2023 yilda Ukrainadagi urushni tugatishga erishish mumkinligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Ukrainada tinchlik muzokaralarini o‘tkazishning iloji yo‘q.
«Samarali tinchlik muzokaralari bo‘lishi mumkinligiga optimistik emasman. Harbiy qarama-qarshilik davom etadi deb hisoblayman. Jiddiy tinchlik muzokaralari bo‘lguncha kutishimiz kerak», — dedi tashkilot bosh kotibi.
Siyosatchi BMT asosiy e’tiborni boshqa jihatlarga, ya’ni g‘alla bitimi samaradorligini oshirish va asirlar almashinuvini tezlashtirishga qaratayotganini aytdi. Shuningdek, 2023 yilda Ukrainadagi urushni tugatishga erishish mumkinligini bildirdi.
«Yaqin kelajakda tinchlik muzokaralari uchun imkoniyatlar ko‘rmayotganimni aytganimda, butun 2023 yilni nazarda tutmadim. 2023 yilda tinchlikka erisha olamiz, deb umid qilaman», — dedi Guterrish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar