1 679
Sadir Japarovning 2021 yilgi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiya e’lon qilindi

Foto: Sputnik
Qirg‘iziston Soliq xizmati mansabdor shaxslarning 2021 yil yakuni bo‘yicha daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini e’lon qilishni boshladi. Jumladan, mamlakat prezidenti Sadir Japarovning daromadlari va mol-mulkiga oid ma’lumotlar ham taqdim etildi.
Sadir Japarov 2021 yilda daromadi 997 803 qirg‘iz somini (taxminan 11500 dollar) tashkil qilganini ko‘rsatgan. Bu prezidentning oylik daromadi 83,1 ming qirg‘iz somiga (taxminan 930 dollar) teng bo‘lganini anglatadi.
Hujjatga ko‘ra, uning tasarrufida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 0,6 gektar yer uchastkasi va garaj bor.
Ko‘chmas mulk yoki transport vositasi haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, davlat rahbarining eng yaqin qarindoshlari daromadlari va mol-mulki haqida ham ma’lumot yo‘q.
Sadir Japarov 2020 yil uchun deklaratsiyada qarindoshlariga tegishli 50,7 kv.m. va 389 kv.m. maydonga ega ikkita uy, shuningdek, 17,2 kv.metr garaj borligini ko‘rsatgan edi. Qolaversa, ular «Umut bulagi» jamoat fondining ta’sischilari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar