23:13 / 04.01.2023
1 022

Qozog‘istonda tozi va to‘bet it zotlari qayta tiklanadi

Qozog‘istonda tozi va to‘bet it zotlari qayta tiklanadi
Foto: AP
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev milliy it zotlari — Tozi va To‘betni asrash va qayta tiklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Tozi zoti qariyb o‘n uch asrlik tarixga ega, bu itning birinchi tasvirlarini petrogliflarda - toshlarga chizilgan rasmlarda topish mumkin. Bu zot otlar bilan bir qatorda juda qadrlangan, ocharchilik yillarida ular o‘ljani ovlashga yordam bergan.

To‘bet turkman iti olaboyning eng yaqin qarindoshi hisoblanadi. Ular ko‘p asrlar davomida cho‘ponlarga hamroh bo‘lgan, suruvlarni bo‘rilardan qo‘riqlagan va hatto ovda qatnashgan.

Qozog‘istondagi Tozi va To‘bet yo‘qolib ketish xavfi ostida. Asosiy muammo - rus tozisi va afg‘on iti kabi zotlar bilan aralashib ketishida. Hozirda to‘bet podani himoya qilish, bo‘rilarga qarshi kurashda deyarli foydalanilmaydi.

Bu naslni saqlab qolish uchun Qozog‘istonda maxsus Milliy markaz tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifalariga mutaxassislarni tayyorlash, ko‘rgazmalar tashkil etish va itlarni ko‘rikdan o‘tkazish kiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo