23:00 / 11.01.2023
1 849

AQSH generali Putin nima uchun urushni uzaytirmoqchiligini aytdi

AQSH generali Putin nima uchun urushni uzaytirmoqchiligini aytdi
Foto: «TASS»
AQSHning iste’fodagi general-leytenanti Ben Xodjes Rossiya urushni uzaytirish uchun Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutayotganini aytdi. Bu haqda u RBKga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Generalga ko‘ra, bundan maqsad G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini kamaytirish hisoblanadi. Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutish orqali ukrainaliklarning Yevropaga qochqin sifatida ketishiga umid qilmoqda. Kreml rejasiga ko‘ra, qochqinlar oqimi Yevropa davlatlariga bosim o‘tkazadi.

«Infratuzilmani o‘qqa tutishdan yana bir maqsad Ukrainaning urush harakatlariga bardosh berish qobiliyatini kamaytirishdir», — dedi Xodjes.

Shu bilan birga, u 2023 yil Ukraina uchun g‘alaba yili bo‘lishiga ishonch bildirdi. Uning bashoratiga ko‘ra, Ukraina armiyasi avgust oyi oxirigacha Qrimni, keyin esa tez orada boshqa hududlarni ozod qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo