06:55 / 12.01.2023
252

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari josuslikda ayblanib o‘limga hukm qilindi

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari josuslikda ayblanib o‘limga hukm qilindi
Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Alirizo Akbariy o‘limga hukm qilindi. Mamlakat razvedka vazirligi bayonotiga ko‘ra, Akbariy Britaniya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilgan.

Alirizo Akbariy (suratda) 2019 yilda hibsga olingan, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan oldirish uchun kuch ishlatilayotganini aytgan.
«Eronning maxfiy strategik markazlaridagi britan razvedka xizmatining eng muhim agentlaridan biri fosh etildi. Uzoq davom etgan va ko‘p bosqichli aksilrazvedka amaliyotidan so‘ng u hibsga olindi. Alirizo Akbariy Britaniya xizmatidagi josus bo‘lib chiqdi», — Eron razvedka vazirligidan iqtibos keltirdi Tasnim agentligi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo