10:55 / 25.01.2023
669

Yevrokomissiya Shvetsiyani Qur’on yoqib yuborilishiga e’tibor qaratishga chaqirdi

Yevrokomissiya Shvetsiyani Qur’on yoqib yuborilishiga e’tibor qaratishga chaqirdi
Shvetsiya hukumati poytaxt Stokholmda Qur’on nusxasini yoqish harakatiga nisbatan chora ko‘rishi kerak. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Yoxannes Barke ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar Yevropa Ittifoqi asos solgan qadriyatlarga mos kelmaydi.

Biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, irqchilik, ksenofobiya, irqiy va diniy nafratga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q. Bu Shvetsiya rasmiylari qaror qabul qilishi va chora ko‘rishi kerak bo‘lgan masala”, dedi Barke Bryusselda Yevropa Ittifoqi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan brifingida.

Shvetsiya hukumati tomonidan Qur’onni tahqirlash harakatini amalga oshirishga ruxsat berilgani dunyodagi ko‘plab musumonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, “so‘z erkinligi muhimroq” deya jar solayotgan ko‘pchilik Yevropa davlatlarida yahudiylar qirg‘in etilgan, deya uqdiriluvchi Holokost voqealariga ishonmaslik va buni oshkor bildirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda “so‘z erkinligi” inobatga olinmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo