22:27 / 25.01.2023
799

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik qullikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi

Rossiyada ikki o‘zbekistonlik qullikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi davlat bolalar bog‘chasi qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonliklar qullikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda qullikka qarshi «Alternativa» harakati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki yigit Rustam Majidov va Xusan Xoliqov 2022 yilda bir do‘stining taklifi bilan Rossiyaga ishlash uchun borgan. Ularga oyiga 800 dollar evaziga bolalar bog‘chasi qurilishida ishlash taklif etilgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ular bilan ko‘pincha Ro‘zimurodov Akmal ismli shaxs yozishib turgan. Oradan bir necha oy o‘tib, ishlash uchun ruxsatnomalarini yangilash chog‘ida Majidov va Xoliqovning pasportlari tortib olingan, ularga pul to‘lash ham to‘xtatilgan. Ular ishini davom ettirishi uchun muntazam ravishda kaltaklangan.

Yanvar oyida yigitlar hamma narsasini tashlab, ust-bosh kiyimsiz qochishga qaror qilishgan. Keyinroq «Alternativa» ko‘ngillilari ularni Moskva shahridagi uylardan birining pod’ezdida sovuq qotgan holda topishgan. Hozir Majidov va Xoliqov uchun vaqtinchalik hujjatlar rasmiylashtirilgani, yaqin kunlarda uylariga qaytishi mumkinligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, yigitlar Qozon shahrida mehnat migrantlarini turli ishlarga taqsimlaydigan markaz borligini, u yerda xuddi o‘zlarinikiga o‘xshash voqealar yuz berib turishini aytishgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo