06:30 / 28.01.2023
1 207

«Putinning harakatlarida vatanga xiyonat alomatlari bor» — Sankt-Peterburg deputatlari

«Putinning harakatlarida vatanga xiyonat alomatlari bor» — Sankt-Peterburg deputatlari
Urush boshlanganidan beri Sankt-Peterburgdagi munitsipal deputatlar Vladimir Putinni lavozimidan bo‘shatish va vatanga xiyonatda ayblanib sudga tortishni talab qilmoqda. To‘g‘ri, ular hozir buni O‘zbekiston, Gruziya va Serbiyada turib qilishyapti. Emigratsiyaga qaramay, deputatlarning vakolatlari hali tugamagan, ammo endi siyosatchilar tahdid ostida. 24 yanvar kuni sud munitsipal kengashni tarqatib yuborishga ruxsat berdi.

Bu odamlar o‘zi kimlar va ular nimaga ta’sir qiladi?

7 sentyabr kuni, hatto "qisman safarbarlik" boshlanishidan oldin, Smolninskoye munitsipal okrugining “Yabloko” partiyasidan deputatlari Davlat Dumasidagi hamkasblaridan Vladimir Putinni xiyonatda ayblab, uni lavozimidan chetlatishni talab qilishdi.

Bizning fikrimizcha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V.Putinning Ukraina hududida "maxsus harbiy operatsiya" boshlashida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 93-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat — vatanga xiyonat alomatlari bor", deya xabar qoldirgan deputat Dmitriy Palyuga o‘zining Twitter sahifasida.

Besh kundan keyin Moskva va Sankt-Peterburgdan 75 nafar munitsipal deputat Smolninskoye deputatlari safiga qo‘shildi va Putinning iste’fosini ham talab qildi.

Natijada, tumanning besh nafar deputatiga nisbatan hokimiyatni obro‘sizlantirish moddasi bo‘yicha bayonnomalar tuzildi, sud har biriga 44 dan 47 ming rublgacha jarima qo‘lashga qaror qildi.

2 oktabr kuni yana "qisman safarbarlik" boshlanganda, Yabloko partiyasi deputati Dmitriy Baltrukov xonadoniga "uy-joy idorasi"dan kelishgan.

"Aslida, ular militsiya va harbiy xizmatchilar edi. Tashrifdan maqsad ertaga soat 9:00 da safarbarlik chaqiruvi va saylovchilarning ishtiroki bo‘yicha chaqiruv qog‘ozini topshirish ekanligini aytishdi. Men 43 yoshda ekanligim va faqatgina harbiy kafedrada tajribaga ega ekanligimni qayd etdim", dedi deputat kutilmagan tashrifni tasvirlab.

Bu voqealardan so‘ng Baltrukov O‘zbekistonga, uning hamkasbi Nikita Yuferev Serbiyaga, boshqa deputat Dmitriy Palyuga esa Gruziyaga jo‘nab ketdi.

18 yanvar kuni Nikita Yuferev va Dmitriy Baltrukov Rossiya prezidentligi lavozimi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ochiq xatni imzoladilar. Rossiyaning amaldagi va sobiq ellik nafar deputati Navalniyni yana SHIZOga yuborishni to‘xtatishni va unga tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qildi.

Bir hafta o‘tgach, 24 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahar sudi Markaziy tuman prokuraturasining da’vosini qanoatlantirdi va Smolninskoye munitsipal kengashini tarqatib yuborishga ruxsat berdi. Prokuratura shikoyatining rasmiy sababi - deputatlarning uch oydan ortiq vaqt davomida majburiy yig‘ilishlarga qatnashmagani bo‘ldi.

Deputatlar Rossiyani tark etgach, xorijdan o‘z deputatlik vazifalarini bajarishda davom etmoqdalar. Bu onlayn rejimda yig‘ilishlar o‘tkazish, ularda aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish va mintaqa muammolari bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan iborat.

Deputatlar Gruziya, O‘zbekiston va Serbiyada turib ham bekor o‘tirishgani yo‘q. Ular shaharlardagi yangi svetofor, piyodalar o‘tish joyi, ko‘chalardagi xavfsizlik orolchalari yaratish kabi masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratishga urinishmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo