15:53 / 06.02.2023
525

Berdimuhamedov yuqori lavozimli amaldorlarni almashtirmoqda

Berdimuhamedov yuqori lavozimli amaldorlarni almashtirmoqda
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mamlakat Milliy xavfsizlik vazirligi, Migratsiya xizmati va Oliy sudi rahbariyatini almashtirdi, deb xabar berdi Turkmaniston televideniyesining «Vatan» axborot dasturi.

«Davlat rahbari polkovnik Gurbanmirat Annayevni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod qildi», — deyiladi telekanal xabarida.

Polkovnik Nazar Atagarayev Turkmanistonning yangi milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlandi, u avval 2021 yil 25 avgustdan buyon Turkmaniston Davlat migratsiya xizmati raisi lavozimida ishlab kelgan.

Gurbanmirat Annayev 2020 yil 12 fevraldan buyon Milliy xavfsizlik vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Polkovnik Botir Volsaxatov Turkmaniston Davlat migratsiya xizmatining yangi raisi etib tayinlandi.

Davlat rahbari Turkmaniston Oliy sudi raisi Guvanchmirat Usanepesovni ham boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qildi. Oliy sudning yangi rahbari etib avval Ashxobod shahar sudi raisi lavozimida ishlab kelgan Begench Xodjamguliyev tayinlandi.

Guvanchmirat Usanepesov 2021 yil 6 yanvardan buyon Turkmaniston Oliy sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Yig‘ilishda prezident shuningdek, Oliy sud raisining ikki o‘rinbosari Orebay Muhammedov va Musamirat Soyunovni «boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan» degan vaj bilan ozod qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo