![Zilzila paytida derazadan tushib ketgan telefon to‘rt kishini qutqarib qoldi](/uploads/posts/2023-02/1676650026_01.jpg)
Turkiyadagi dahshatli zilzila sodir bo‘lganiga 12 kun bo‘ldi. Qutqaruv guruhlari, shifokorlar, omon qolganlarning o‘zlari vayronalar ostidan qutqarishning g‘aroyib holatlari haqida gapirishmoqda. Bu holatlarni faqat mo‘jiza deb atash mumkin.
Shunday qilib, Turkiya sharqidagi Malatya viloyatida bir oilani qutqarishda ajoyib holat yuz bergan. Zilzila sodir bo‘lgan paytda, tebranish kuchidan uy derazasidan telefon ko‘cha tarafga tushgan. Keyinroq esa uni o‘sha yerda o‘tib ketayotgan bir kishi topib oladi va qutqaruvchilarni chaqirib butun boshli oilani vayronalar ostidan qutqarishga yordam beradi.
Voqea Niyoziy Misriy mahallasida sodir bo‘lgan. Vayronalar yaqinida bo‘lgan xorijlik telefonga ko‘zi tushgan, o‘sha paytda vayronalar ostidagi bir oilaning qarindoshlari qo‘ng‘iroq qilgan.
Erkak binoning vayron bo‘lgani haqida xabar bergan, buning natijasida ular tezda voqea joyiga etib kelishgan va yaqinlarini qutqarib qolishgan.
Ilhomi Ekinning Anadolu nashriga aytishicha, zilziladan keyin rafiqasi Songul, qizlari Tuba va Suna hamda o‘g‘li Muhammad bilan vayronalar ostida qolgan.
Zilzila vaqtida erkakning uyali telefoni deraza tokchasida yotgan va yer silkinishi oqibatida u ko‘chaga uchib tushgan.
Ilhomi Ekinning aytishicha, oila vayronalar ostida umidsizlikka tushib qolgan, baxtli hodisa tufayli hayotlari saqlanib qolgan. “Biz uchinchi qavatda yashardik. 18 yoshli o‘g‘lim vafot etdi. U harbiy bo‘lishni orzu qilardi. Xudo hech kimni bunday qayg‘u ichida qoldirmasin. Vayronalar ostida qolgan barchaga Alloh taolo yordam bersin”, dedi u.
“Hammamiz jarohat oldik. Qizim va rafiqam kasalxonaga yotqizildi, ikkinchi qizim va men hali ham davolanmoqdamiz. Chap oyoqda sinishlar bor. Ular operatsiya qilishdi, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman”, deya qo‘shimcha qildi u.
Turkiya janubi-sharqi va Suriyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 40 mingdan oshdi.
Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar