09:13 / 18.02.2023
359

Pokistonda qurollangan jangarilar politsiya bo‘limini egalladi (video, foto)

Pokistonda qurollangan jangarilar politsiya bo‘limini egalladi (video, foto)
Foto: ONLINE
Pokistonning Karachi shahrida qurollangan erkaklar politsiyaning bosh idorasiga bostirib kirdi, ulardan biri o‘zini portlatdi. Bu haqda Dawn xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Politsiya binoning to‘rt qavati xavfsizlik kuchlari tomonidan tozalangani, yaqin orada vaziyat nazoratga olinishi bildirdi. Snayperlar politsiya bo‘limi yaqinidagi pozitsiyalarni egalladi, ular terrorchilarning ikki nafarini otib o‘ldirdi.

Foto: ONLINE

Politsiya rasmiylariga ko‘ra, qurollangan shaxslar Sadar politsiya bo‘limi yaqinidagi idoraga bir necha marta o‘q uzgan. Hujum qilganlar politsiya kiyimida bo‘lgan, hududda portlashlar qayd etilgan. Hujum uchun javobgarlikni Pokistonning “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Foto: ONLINE
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya idorasi jangarilardan tozalangan, uch nafar terrorchi zararsizlantirilgan.

Men hozircha Karachi politsiya idorasi binosi tozalanganini tasdiqlay olaman. Uch nafar terrorchi zararsizlantirildi”, — dedi Sind hukumati matbuot kotibi Murtazo Vahob.

Foto: ONLINE

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo