Shavkat Mirziyoyev Misrda bo‘lib o‘tayotgan rasmiy tashrifi davomida Ahmad Farg‘oniy merosini ziyorat qildi.
Buyuk olim, astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy Bag‘dod, Damashqda yashagan. 856 yildan boshlab esa umrining so‘nggi kunlarigacha Qohirada yashabilm-fan bilan shug‘ullangan.
Shavkat Mirziyoyev Al-Farg‘oniy merosi bilan tanishib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
"Ahmad Farg‘oniy ko‘plab muhim kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 861 yilda Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo ettirgan. “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur bu qurilma qishloq xo‘jaligi va iqlimni baholashda juda muhim bo‘lgan. Qariyb 1200 yil davomida inshootdan o‘tgan asrgacha uzluksiz foydalanilgan. Bugungi kunda esa u turistik maskanga aylantirilgan", - deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Ahmad Farg‘oniyga haykali poyiga gulchambar qo‘yib, vatandosh mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shundan so‘ng prezident Miqyosi Nil inshootini ko‘zdan kechirdi, uning tarixi va ulug‘ allomaning merosi haqida mahalliy olimlar bilan suhbatlashdi.
Аҳмад Фарғоний, Миср, Шавкат Мирзиёев, Зиёрат “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi