07:20 / 25.02.2023
2 076

Rossiyada OMON xodimiga o‘q uzgan o‘zbekistonlik erkak aslida maqsadi nima bo‘lganini aytdi

Rossiyada OMON xodimiga o‘q uzgan o‘zbekistonlik erkak aslida maqsadi nima bo‘lganini aytdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 24 fevral kuni OMON xodimiga ikki marta o‘q uzgan erkak aslida maqsadi nima bo‘lganini aytdi. Bu haqda erkakning so‘roviga tayanib, 78.ru xabar berdi.

Men hamma qurollarni o‘zim bilan olib keldim. Ro‘yxatdan o‘tgan va yashayotgan joyimda hech narsa yo‘q. Foydalangan barcha qurollarim ro‘yxatdan o‘tgan. Yuk tashuvchi bo‘lib ishlaganman”, — dedi erkak.

Shuningdek, u hech narsani isbotlamoqchi emasligini qayd etdi va politsiyachini otish niyati bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

Ularning mashinasiga qarata o‘q uzmoqchi bo‘ldim va politsiya transportiga Molotova kokteyli uloqtirmoqchi edim”, — deydi ayblanuvchi.

Uning tushuntirishicha, hodisaga Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini va uning bir yilligi sabab bo‘lmagan. Erkak “normal bo‘lmagan hayotidan” norozilik bildirishni ko‘zlagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni ertalab 50 yoshli o‘zbekistonlik erkak OMON xodimini yaraladi. Jabrlanuvchining hamkasblari erkakni qo‘lga oldi. O‘q teggan OMON xodimi esa zudlik bilan Mariinskiy kasalxonasiga yotqizildi va operatsiya qilindi. Hozirda erkakning ahvoli og‘ir, ammo barqaror deb baholanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, erkak 20 yilga qamalishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada OMON xodimiga o‘q uzgan o‘zbekistonlik erkak aslida maqsadi nima bo‘lganini aytdi