18:58 / 25.02.2023
510

Afg‘onistonda xizmat qilgan amerikalik ko‘ngilli Ukraina uchun jangda halok bo‘ldi

Afg‘onistonda xizmat qilgan amerikalik ko‘ngilli Ukraina uchun jangda halok bo‘ldi

Ukrainadagi urushda ko‘ngilli sifatida jang qilgan 28 yoshli amerikalik Endryu Piters 16 fevral kuni halok bo‘ldi. Bu haqda CNN WSAW-TV telekanali va Endryuning oila a’zolari yashaydigan Viskonsin shtati jamoat radiosi marhumning ota-onasiga tayanib, xabar berdi. U Afg‘onistonda xizmat qilgan faxriy ham edi.

AQSH Davlat departamenti Ukrainada halok bo‘lgan Amerika fuqarolari haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. “Biz ularning oilalari bilan aloqadamiz va barcha zarur konsullik yordamini ko‘rsatmoqdamiz”, — dedi departament matbuot kotibi.

Endryu nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini kuchli his qilardi. U o‘zining sobiq harbiy mahoratini Ukraina xalqiga yordam berish uchun ishlatish zarurligini his qilgan”, — deydi marhumning ota-onasi.

Radiostansiya xabariga ko‘ra, Peters 2022 yilning noyabr oyida Xalqaro legionga qo‘shilgan. U 2014 yilda Afg‘onistonda xizmat qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan yilning fevral oyi oxirida, Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Ukraina hududiy mudofaasi xalqaro legioni tuzilganini e’lon qildi. Legion tarkibiga Ukraina uchun jang qilishni istagan minglab xalqaro ko‘ngillilar qo‘shildi. Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy ko‘ngillilarni yollanma askarlar deb ataydi, vazirlik ularning yo‘q qilinayotgani haqida bir necha bor xabar bergan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda xizmat qilgan amerikalik ko‘ngilli Ukraina uchun jangda halok bo‘ldi