19:33 / 26.02.2023
200

Pokistondagi gavjum bozorda portlash yuz berdi

Pokistondagi gavjum bozorda portlash yuz berdi

Foto: Dunya News

Pokistonning Balujiston viloyati Barxon tumanida portlovchi moddalar ortilgan mototsiklning portlashi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda Tribune xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Raxni bozori hududida sodir bo‘lgan va jarohatlanganlar mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. Huquq-tartibot idorasi portlash oqibatida bir nechta avtomobil, mototsikl va do‘konlarga zarar yetganini bildirdi. Xavfsizlik kuchlari voqeadan so‘ng hududni o‘rab olgan va harakatni butunlay to‘xtatgan. Ayni paytda politsiya va huquq-tartibot idoralari dalillar to‘plamoqda.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif voqea yuzasidan Balujiston bosh vaziri Abdul Quddus Bizenjo va politsiya bosh inspektoridan hisobot so‘ragan. Bosh vazir portlashda yarador bo‘lganlar uchun eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatilishini aytdi.

Terrorchilar jazodan qochib qutula olmaydi. Biz begunoh qon to‘kayotganlardan o‘rnak olamiz”, — dedi bosh vazir.

Hozircha hech bir guruh yoki shaxs portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Mototsikl masofadan turib portlatilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistondagi gavjum bozorda portlash yuz berdi