224
Iste’fodagi general: Buyuk Britaniya armiya holati tufayli hujumdan 10 yil oldin ogohlantirilishga muhtoj
![Iste’fodagi general: Buyuk Britaniya armiya holati tufayli hujumdan 10 yil oldin ogohlantirilishga muhtoj](https://anna-news.info/wp-content/uploads/2021/02/13/1700/british-army.jpg)
Birlashgan Qirollik armiyasining ahvoli moliyalashtirishning qisqarishi tufayli shunchalik og‘irki, Buyuk Britaniya endi hujumga qarshi turish uchun o‘n yil oldin ogohlantirilishi kerak. Bu haqda iste’fodagi general Richard Berrons Daily Mail nashriga ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Sovuq urush davrida armiya istalgan vaqtda bir necha soat ichida jangga tayyor edi. Endi Putin bizni Rossiyaning kutilmagan hujumi haqida besh yoki o‘n yil oldin ogohlantirishi kerak. Bu unchalik yaxshi emas”, deydi sobiq harbiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya armiyasining ahvoli moliyalashtirishning qisqarishi tufayli shu qadar yomonlashganki, kutilmagan hujum sodir bo‘lgan taqdirda mamlakat o‘zini himoya qilishi ancha qiyin bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar