![Si Szinpin «Rossiyaga yoqib tushadigan» bayonot berdi](/uploads/posts/2023-04/920__95_1283726737.jpg)
Foto: Sputnik.
Xitoy rahbari Si Szinpin Yaponiyaning Janubiy Kuril orollariga da’volarini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. Bu haqda Kyodo agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Kelajakda Xitoy orollarga egalik masalasida betaraf pozitsiyani egallash niyatida - Si Szinpin Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shunday kafolat bergani aytilmoqda.
O‘tgan oyda Moskvada bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki rahbar Janubiy Kuril orollariga egalik masalasiga to‘xtalib o‘tishgan.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari Janubiy Koreya Rossiyaning bojsiz zonasiga sarmoya kiritishdan bosh tortganini aytgan, deya qo‘shimcha qildi agentlik manbasi.
XXR rahbari Putinga Xitoy Yaponiyaning orollarga bo‘lgan da’volarida neytral pozitsiyada turishini aytgan, biroq rasmiy Pekin o‘z korxonalarini Rossiya loyihasiga qo‘shilishiga ruxsat berishi haqida lom-lim demagan.
Ta’kidlash joizki, 1964 yildan beri Xitoy Kuril orollariga egalik qilish masalasida Yaponiyaga hayrihoh pozitsiyasini saqlab kelmoqda edi. Bu pozitsiya XXRning ilk rahbari Mao Szedun davridan beri mavjud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya 1855 yilgi savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomaga asosan, Shikotan, Iturup, Xabomai va Kunashir orollariga da’vogarlik qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar