![Erdog‘an: Islom olami Isroilning Falastindagi hujumlariga qarshi birlashishi kerak](/uploads/posts/2023-04/1681033764_920__95_852383925.png)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an juma kuni Eron rahbari Ibrohim Raisiyga murojaat qilib, Isroilning Falastindagi hujumlariga qarshi islom dunyosi birdam bo‘lishi kerakligini aytdi.
Erdog‘an va Ibrohim Raisiy telefon orqali gaplashib, Turkiya-Eron munosabatlari va mintaqaviy masalalarni, jumladan Isroilning bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga hujumlarini muhokama qildi, deyiladi xabarda.
Muloqot davomida Erdog‘an zo‘ravonlikning oldini olish uchun barcha tomonlarni sog‘lom fikrga yo‘naltirish kerakligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Erdog‘an Raisini xalqaro miqyosda, ayniqsa Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va BMTda, muqaddas joylar maqomini saqlab qolish uchun hamkorlikni davom ettirishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil xavfsizlik kuchlari 4 aprel kechasi va 5 aprel subhida Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, namoz o‘qiyotgan yuzlab falastinliklarga nisbatan shovqinli granata, zaharli gaz, rezina o‘qlar bilan hujum qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar