date

Tramp va Erdog‘an muloqoti: mintaqadagi vaziyat muhokama markazida

Tramp va Erdog‘an muloqoti: mintaqadagi vaziyat muhokama markazida

AQSH prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RIA NOVOSTI xabar berdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki davlat munosabatlari, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildi.

Erdog‘an Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi uzaytirilganini ijobiy qadam deb atadi va muammolarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonch bildirdi.

Turkiya rahbari shuningdek Suriyada barqarorlikni saqlash muhimligini, Livandagi vaziyat yomonlashib ketmasligi kerakligini ta’kidladi.

Suhbat yakunida Erdog‘an San-Diyegodagi masjidga qilingan hujum munosabati bilan Trampga hamdardlik bildirdi va Turkiya nafrat asosidagi jinoyatlarga qarshi ekanini aytdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘an bilan suhbati juda yaxshi o‘tganini aytdi.

"Men prezident bilan juda yaxshi suhbatlashdim, bizning munosabatlarimiz juda yaxshi," - dedi Amerika yetakchisi jurnalistlarga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Erdog‘an muloqoti: mintaqadagi vaziyat muhokama markazida