14:30 / 11.04.2023
350

AQSH generali: Ukraina Qrimni yoz oxirigacha ozod qilishi mumkin

AQSH generali: Ukraina Qrimni yoz oxirigacha ozod qilishi mumkin
Foto: Cour
Joriy yilning avgust oyi oxirigacha Ukraina qo‘shinlari G‘arb Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi aniq qurollar bilan ta’minlasa, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolini ozod qila oladi. Bunday fikrni 10 aprel, dushanba kuni AQSHning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjes DW nashriga bergan intervyusida bildirdi.
 
«Menimcha, Ukraina Bosh shtabi tegishli sharoitlar yaratilsa, qarshi hujumga aylanadigan narsaga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Bunda ob-havo sharoiti hisobga olinadi. Ukraina Qurolli kuchlari yetarlicha tayyorgarlikdan o‘tadi va o‘z logistikasini quradi. O‘ylaymanki, biz juda professional, juda samarali hujumga guvoh bo‘lamiz hamda uning maqsadi bu yil Qrimni izolyatsiya qilish va uning ehtimoliy ozod etilishi uchun sharoit yaratish bo‘ladi», dedi Xodjes.
 
DW'ning Ukraina Qurolli kuchlari yozda Qrimga yetib borishi haqidagi oldingi o‘z prognozlariga nisbatan qanday fikrda, degan savolga javob berar ekan, AQSHning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni shunday dedi: «Ha, lekin avgust oyining oxirigacha. Ukraina Qrimni ozod qila oladi, ammo men har doim shunday shart haqida aytib kelganman - agar biz ularni uzoq masofaga uchuvchi aniq qurollar bilan ta’minlasak. Ha, ular buni albatta qila oladi».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo