10:40 / 19.04.2023
233

Ukraina g‘allasi Polsha orqali konvoy bilan tashiladi

Ukraina g‘allasi Polsha orqali konvoy bilan tashiladi
Foto: Shutterstock
Polsha taraqqiyot va texnologiyalar vaziri Valdemar Buda Ukraina g‘allasining o‘z mamlakati orqali tranziti 21 aprel kuni yarim tunda qayta tiklanishini aytdi.
 
Kiyev va Varshava Ukraina g‘allasini Polsha bozorida mahalliy ishlab chiqaruvchilarnikidan ko‘ra arzonroq narxlarda sotish bo‘yicha mojaroda murosaga kelishdi. Bu haqda Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Mikola Solski va hukumat boshqa vakillari bilan uchrashuvidan so‘ng, seshanba, 18 aprel kuni e’lon qilingan Polsha qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telus bayonotida aytiladi.
 
«Biz Ukraina tomoni bilan mahsulotlarni Ukrainadan Polsha orqali tranzit qilish bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladik», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi. Telus tushuntirishicha, Ukraina g‘allasining Polsha orqali har qanday tashilishi endi konvoy bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hozirda foydalanilayotgan kuzatuv tizimi, xususan, chiqindi va yoqilg‘ining tranzit harakatini nazorat qilish, Ukrainadan g‘alla harakatini kuzatish uchun ham qo‘llaniladi, deya qo‘shimcha qildi Telus.
 
Shuningdek, Polsha orqali tranzit o‘tayotgan Ukraina g‘allasi yuklari GPS bilan ta’minlanadi.
 
O‘z navbatida, Polsha taraqqiyot va texnologiyalar vaziri Valdemar Buda Ukraina g‘allasining o‘z mamlakati orqali tranziti 21 aprel kuni yarim tunda qayta tiklanishini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo