date
views 189

O‘zbekiston shakar iste’moli o‘rtacha bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston shakar iste’moli o‘rtacha bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
Foto: Fotolia
O‘zbekiston shakar iste’moli o‘rtacha bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Landgeist xabar berdi.
 
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga aholi jon boshiga 17,8 kg shakar iste’mol qilinadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Turkmaniston (18,7 kg), Tojikiston (16,8 kg) va Yaponiya (17,2 kg) bilan bir qatordan joy olgan.
Bahrayn (44,3 kg) aholi jon boshiga shakar iste’moli bo‘yicha Osiyoda birinchi o‘rinda turadi va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlardan biridir. Livan (43,4 kg) va Malayziyada (41,6 kg) ham shakar iste’moli juda yuqori.
 
Eng past ko‘rsatkichlar Myanma (2,9 kg), Shimoliy Koreya (4,5 kg) va Bangladeshda (6,3 kg) qayd etilgan.
 
Qayd qilinishicha, shakar glyukoza shaklida tez energiya beradi, u organizm tomonidan darhol hazm qilinadi yoki keyinchalik foydalanish uchun saqlanadi. Bu oziq-ovqat va ichimliklar ta’miga ham ta’sir qiladi. Shu bilan birga, shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun bir qator salbiy ta’sirlarga, masalan, vazn ortishi, tishlarning parchalanish xavfi ortishi va qonda shakar miqdorining ko‘payishi, oqibatda 2-toifa diabet yuzaga kelishi kabi ba’zi surunkali kasalliklarga olib kelishi mumkin.
 
Ma’lumotlar nafaqat shakar, balki tarkibida shakar bo‘lgan boshqa mahsulotlar asosida ham shakllantirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston shakar iste’moli o‘rtacha bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi