Erdog‘an yurak xurujiga uchradimi? Prezidentning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi

Erdog‘an yurak xurujiga uchradimi? Prezidentning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi
Erdog‘an yurak xurujiga uchradimi? Prezidentning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi
Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’muriyatining dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi siyosatchining yurak xurujiga uchragani va ahvoli yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda markazning tvitterdagi sahifasida xabar berildi.
 
«Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Erdo‘g‘anning yurak xurujiga uchragani va shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
 
Shuningdek, siyosatchi 27 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Akkuyu» atom elektr stansiyasiga yoqilg‘ini birinchi yuklash marosimida onlayn tarzda ishtirok etishi ta’kidlangan.
 
O‘z navbatida Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay mamlakat prezidentining sog‘lig‘i yaxshi ekanini, u faqat yengil shamollaganini aytdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar