![Erdo‘g‘an qatorasiga uchinchi kun saylovoldi tadbirlarini bekor qildi](/uploads/posts/2023-04/6aellhfe9uurqp4dc9y31bobcjvemja7.jpg)
Foto: EPA/Vostock-photo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 28 aprel kuni yana o‘zining saylovoldi dasturi doirasida avvaldan rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etmadi.
Shu tariqa, 25 aprel oqshomida o‘zini yomon his qilgan Erdo‘g‘an qatorasiga uchinchi kun mitinglarni bekor qildi. Ammo Adana shahridagi ko‘prikning ochilish marosimida videomurojaat bilan chiqish qildi.
Bir kun avval Turkiya prezidenti sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlardan so‘ng birinchi marta tadbirda paydo bo‘ldi: u Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg‘isini Oqquyu atom elektr stansiyasiga yetkazish marosimida videoaloqa orqali ishtirok etgan edi.
25 aprel kuni Erdo‘g‘an o‘zini yomon his qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bir kun o‘tgach u shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra uyda qolishini aytdi.
Prezidentning sog‘lig‘idagi muammolar nima bilan bog‘liq ekani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
Bir qator ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, bu ovqat hazm qilish tizimining ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtoy so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari «yengil shamollagan».
14 may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Agar birinchi turda davlat rahbari lavozimiga nomzodlardan hech biri mutlaq ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olmasa, ikki haftadan so‘ng ikkinchi tur o‘tkaziladi. Unga birinchisida eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod kiradi.
Prezidentlik saylovida Erdo‘g‘anga muxolifat vakili Kamol Qilichdoro‘g‘li asosiy raqib bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar