00:30 / 22.05.2023
765

Vyacheslav Volodin: “Polsha Ikkinchi jahon urushi natijasida qo‘lga kiritilgan hududlarni qaytarib berishi shart”

Vyacheslav Volodin: “Polsha Ikkinchi jahon urushi natijasida qo‘lga kiritilgan hududlarni qaytarib berishi shart”
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Polshadan o‘z hududlarining bir qismidan voz kechishni va “sovet xalqi” tomonidan uning rivojlanishiga sarflangan 750 milliard dollarni qoplashni talab qildi. U bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
 
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Polsha “tarixiy xotiraga xiyonat qilgan” va faqat Rossiya tufayli davlat sifatida mavjud.
 
Hozirgi Polsha hududlarining uchdan bir qismi — rivojlangan infratuzilma, sanoat korxonalari, shuningdek, tabiiy resurslarga boy hududlar — mamlakatimiz sharofati bilan Ikkinchi jahon urushidan keyin uning tarkibiga kirdi. Urushdan keyingi davrda sovet xalqi Polshani tiklash va rivojlantirish uchun 750 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
 
800 dan ortiq sanoat, energetika va transport obyektlari qurildi. Polsha Ikkinchi jahon urushi natijasida qo‘lga kiritilgan hududlarni qaytarib berishi va Rossiyaga urush va urushdan keyingi yillarda sarflangan mablag‘larni qoplashi shart”, — deydi Volodin.
 
Shuningdek, Volodin 22 may, dushanba kuni davlat dumasi Polsha yuk mashinalarining Rossiya orqali tranzitini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishini aytdi. U bu holatda Polshaning xarajatlari taxminan 8,5 milliard yevroni tashkil qilishi mumkinligi va Polshaning 2000 ga yaqin transport kompaniyalari ham zarar ko‘rishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo