
Foto: Reuters
Turkiya muxolifatidan prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdaro‘g‘li o‘z raqibi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni montaj qilingan feyk video uchun sudga berdi. Bu haqda uning advokati Jelal Chelik Twitter'da ma’lum qildi.
Gap saylov kampaniyasi vaqtida Erdo‘g‘on tomonidan ko‘rsatilgan videorolik haqida ketmoqda, unda Qilichdaro‘g‘li go‘yo Kurdiston Ishchilar partiyasi (bu tashkilot Turkiyada terrorchi deb tan olingan) rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, da’vo summasi bir million lirani (50 ming dollardan ortiq) tashkil etadi. U o‘z postida Qilichdarog‘lini nomzod emas, “Turkiyaning 13-prezidenti” deb atadi.
OAV eslatganidek, bu siyosatchilarning birinchi marta sudlashishi emas.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 28 mayga belgilangan. G‘alaba qozonish uchun nomzod ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishi kerak. O‘tgan hafta oxirida mamlakatning xorijiy vakolatxonalari va chegara punktlarida ovoz berish boshlandi. Birinchi turda Erdo‘g‘on 49,24 foiz ovoz oldi. Uning asosiy raqibi Kemal Qilichdaro‘g‘li 45,07 foiz ovoz to‘pladi.
Turkiya MuxolifatiKamol Qilichdaro‘g‘liRajab Toyyib Erdo‘g‘onFeyk VideoSaylov KampaniyasiSudga Berdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing