“Ojiz qahramon 2” aktyori Bae Nara uylanmoqda: to‘yi 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

“ Ojiz qahramon 2” dramasidagi roli bilan tanilgan janubiy koreyalik aktyor Bae Nara teatr aktrisasi Han Jae Ah bilan turmush qurmoqda. Juftlikning nikoh to‘yi 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Aktyor quvonchli xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi. U qo‘lda yozilgan maktubini e’lon qilib, hayotidagi muhim yangilik haqida ma’lum qildi.
“Men endi butun umrim davomida birga yo‘l bosib o‘tishni istaydigan juda qadrli insonni uchratdim”, — deb yozgan Bae Nara.
Aktyorning ushbu e’loni muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Kuzatuvchilar bo‘lajak kelin-kuyovga baxt va oilaviy totuvlik tilamoqda.































Izohlar 0
…