date
views 341

Hindistonda amaldor suvga tushib ketgan telefonini olish uchun to‘g‘on suvini to‘ktirdi

Hindistonda amaldor suvga tushib ketgan telefonini olish uchun to‘g‘on suvini to‘ktirdi
Foto: BBC News
Hindistonlik amaldor, oziq-ovqat inspektori Rajesh Vishvas Chxattisgarx shtatidagi Xerkatta to‘g‘oni yonida selfi qilayotib telefonini suvga tushirib yuboradi. U telefonida muhim hukumat ma’lumotlari borligini sabab qilib ko‘rsatib, qurilmani olish uchun to‘g‘on suvini qurittirdi. Shanba kuni bo‘lgan voqeadan so‘ng suvga tushgan 1,2 ming dollarlik telefonni olish uchun to‘g‘onning millionlab litr suvi to‘kiladi.
 
Dastlab, amaldor telefoni suvga tushgach, g‘avvoslarni ishga soladi, biroq ular topa olishmagach, to‘g‘on suvini bo‘shattirish haqida mahalliy amaldordan og‘zaki ruxsat olganini pesh qilib, nasoslar olib kelish uchun pul to‘laydi. Rajesh Vishvas bu harakatini suv fermerlarga foyda keltirish bilan oqlaydi.
 
Va oqibatda, nasos bir necha kun ichida 2 mln litr suvni bo‘shatgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buncha miqdordagi suv bilan 600 gektar yerni sug‘orish mumkin.
 
Voqea joyiga suv bo‘yicha mas’ul boshqa amaldor kelmaguncha to‘g‘onni bo‘shatish davom etgan. Telefon topilgan, biroq suv bilan to‘lgani uchun ishlamagan.
 
Janob Vishvas surishtiruv ishlari o‘tkazilgunga qadar lavozimidan chetlashtirildi. Suv – qimmatli resurs, uni bunday isrof qilish mumkin emas”, dedi mahalliy amaldor Priyanka Shukla OAVga bergan intervyusida.
 
Vishvas esa lavozimini suiiste’mol qilganini rad etib, suvning faqat to‘g‘onda saqlanishi mumkin bo‘lganidan ortiqcha qismi to‘ktirilganini iddao qilgan. Biroq uning harakati siyosatchilar tomonidan ham tanqidlarga uchragan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda amaldor suvga tushib ketgan telefonini olish uchun to‘g‘on suvini to‘ktirdi