10:30 / 02.06.2023
366

Belgorod viloyati o‘qqa tutildi: o‘n kishi yaralangan

Belgorod viloyati o‘qqa tutildi: o‘n kishi yaralangan

Belgorod viloyati 1 iyunga o‘tar kechasi keng miqyosda o‘qqa tutildi. Shebekino shahriga “Grad”lardan zarba berilgani aytilmoqda.

Sakkiz kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan, bir nafari qo‘lidan ayrilgan, degan gubernator Vyacheslav Gladkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, snaryadning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi natijasida xususiy turar-joy binosi yonib ketgan. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning derazalari, balkonlari va devorlariga shikast yetkazilgan.

Yana bir snaryad ma’muriy binoning tom qismiga tegib, yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan. Boshqa bir ma’muriy binoning fasad qismi snaryad parchalari  derazalarni sindirib yuborgan.

Valuyskiy shahriga qarashli Novopetrovka qishlog‘i ham artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq maktabining yaralangan  ikki o‘qituvchisi: bir erkak va bir ayol tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Mudofaa vazirligining “Zvezda” telekanali manbasi Shebekinodagi Ichki ishlar vazirligi binosida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan. Buning uchun javobgarlikni “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” – “RDK” jangchilari o‘z zimmasiga olgan.

Baza nashrining yozishicha, FSB chegarachilari va Mudofaa vazirligining Shebekino hududidagi harbiylari chegaradan 100 metr uzoqlikda joylashgan tanklardan avtomobil nazorat punktiga o‘q uzgan diversantlarning hujumini qaytargan.

Z-kanallari Shebekino nazorat punkti hududida tank ishtirokida jang bo‘layotgani haqida yozadi. «Dva mayora» pabligi mualliflarining ta’kidlashicha, "bitta tank chegara chizig‘ida turibdi va nazorat punktiga qarata o‘q uzmoqda", shuningdek, "20 ga yaqin chegarachilar va Rossiya Qurolli Kuchlarining 20 ga yaqin chaqiriluvchilari jangga kirgan" - keyinchalik ularga yordam va vertolyotlar kelgan.

„Svoboda Rossii“ legioni ertalab Rossiya hududiga o‘tmoqchi ekanligini xabar qildi. Bundan tashqari, tuzilmaning telegram kanalida rus texnikasi vayron qilingan fotosuratlar va videolar paydo bo‘lgan.

Ayni paytda gubernator "Belgorod viloyati hududida dushman yo‘q va bo‘lmagan" deb da’vo qilmoqda. Hozirda ayrim xavfsiz hududlar aholisi Belgorod viloyatidan evakuatsiya qilinmoqda. Boshqa hududlarda otishmalar bo‘layotgani sababli odamlarni evakuatsiya qilishning iloji yo‘q. Bugun 200 kishi – ayollar va bolalar Penzaga ekakuatsiya qilingan. 3 iyun, shanba kuni esa yana 600 kishi Kaluga va Yaroslavlga yuboriladi.

Shuningdek, viloyat aholisiga Belgoroddagi vaqtinchalik yashash markazlarida joy taklif etiladi. Ulardan biri “Belgorod Arena” stadionidir. Shahar meri Valentin Demidovning so‘zlariga ko‘ra, bu joy 1000 o‘ringa mo‘ljallangan, zarur bo‘lsa, yana 250 kishi qabul qilinishi mumkin.

Bir kun oldin Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Andrey Gurulev Shebekinoni diversantlar Rossiya hududiga chuqur kirib keta olmasligi uchun bombardimon qilishni taklif qilgan edi.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgorod viloyati o‘qqa tutildi: o‘n kishi yaralangan
ePN