18:59 / 02.06.2023
962

Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralarni to‘ldirishning kutilmagan usulini topdi

Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralarni to‘ldirishning kutilmagan usulini topdi
Ukraina Qurolli kuchlari ayol tarjimonlarni safarbar qilishga tayyor, chunki Kiyevga frontda xorijlik instruktorlar va G‘arb texnikasi bilan ishlash uchun xorij tilini biladigan mutaxassislar kerak, dedi Xarkov viloyati hududiy xizmat ko‘rsatish markazi harbiy komissari Vladimir Arap.
 
“Afsuski, yigitlarimizning hammasi ham chet tillarini bilmaydi. Hozir bizda ingliz, nemis va fransuz tillarini yaxshi biladigan odamlarga talab juda yuqori”, — deya komissarning so‘zlarini keltiradi Kharkiv Today.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar ham bu lavozimlarni egallashga tayyor, biroq ular erkaklardan farqli ravishda o‘z ixtiyoriga ko‘ra safarbar qilinadi.
 
Komissarning aniqlik kiritishicha, har oyda bir marta xorijiy tillarni biladiganlar safarbar etilganlar orasidan tanlab olinadi va tegishli ta’lim muassasalariga harbiy ishlar bo‘yicha o‘qishga yuboriladi. Keyin ular o‘quv poligonlarida xizmat qilishadi, u yerda g‘arb tanklari va gaubitsalari bilan ishlashga o‘rgatiladi.
 
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar avvalroq ta’kidlaganidek, 2026 yilgacha, hatto tibbiy mutaxassislikka ega bo‘lgan va safarbar qilinishi mumkin bo‘lgan ukrainalik ayollar uchun ham majburiy ro‘yxatga olish bo‘lmaydi. “Boshqa kasb vakillari faqat ixtiyoriy ravishda safarbar qilinishi mumkin”, — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralarni to‘ldirishning kutilmagan usulini topdi
ePN