19:30 / 05.06.2023
788

OAV: Putinni “g‘azablantirmaslik” uchun unga yomon xabarlarni yetkazish to‘xtatildi

OAV: Putinni “g‘azablantirmaslik” uchun unga yomon xabarlarni yetkazish to‘xtatildi
Foto: Associated Press
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga endi frontdagi va umuman mamlakatdagi vaziyat haqida yomon xabar berilmaydi, chunki u bunday xabarlardan “g‘azablanadi”. Bu haqda mazkur vaziyatdan xabardor manba ma’lumot berdi.
 
Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, Putin real vaziyat haqidagi xabarlardan g‘azablanib, bunday ma’lumotni yetkazgan odamga hozirda “G‘arb tashviqoti” ta’sirida ekanini aytgan.
 
Rossiya prezidentining o‘zi esa boshqa manbalardan ishonchliroq ma’lumotlarga ega, bu unga xabar yetkazuvchilarning ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi xabarda.
 
Putinga salbiy ma’lumotlar yetkazayotganlar uning huzuriga kirish huquqidan chetlatilgani, ijobiy mazmundagi xabarlarni yetkazuvchilar esa Rossiya rahbari bilan uchrashishi mumkinligi aytilmoqda.
 
Rossiya prezidentiga yetkazilayotgan xabarlar orasida salbiylari ham borligi, biroq ular ahamiyatsiz va mayda muammolar ekani ta’kidlangan.
 
Putinga yomon xabar yetkazish to‘xtatilgan, chunki prezident ularni eshitishni istamasligini bildirgan”, — deyiladi xabarda.
 
Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda Putin “maxsus harbiy operatsiya” haqida muntazam ravishda ma’lumot olishini aytgan.
 
Prezident an’anaga ko‘ra, har doim turli xil axborot manbalariga ega bo‘lishni afzal ko‘radi, ayniqsa, operatsiya zonasidagi vaziyat haqida gap ketganda. Rasmiy hisobotlar bilan bir qatorda, albatta, u tegishli qo‘ng‘iroqlarni muntazam ravishda amalga oshiradi va ma’lumotlarni bevosita qo‘lga kiritadi. U har doim shunday qilgan va qilyapti, bularning barchasi prezident buyrug‘i bilan juda tez amalga oshirilmoqda”, — degan Peskov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Putinni “g‘azablantirmaslik” uchun unga yomon xabarlarni yetkazish to‘xtatildi
ePN