21:20 / 07.06.2023
268

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol pensionerning pullarini o‘g‘irlab ketdi

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol pensionerning pullarini o‘g‘irlab ketdi
Foto: 78.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ayol pensionerning pullarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
 
Nafaqaxo‘r holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilib, unga qarab turuvchi ayol deyarli million rubl pulini o‘g‘irlaganini aytgan. Ayol O‘zbekistondan Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelgan. U 82 yoshli nafaqaxo‘rga qarovchi qilib ishga olingan.
 
Erkak uchun oziq-ovqat va dori-darmon sotib olish uchun unga ishonchnoma berilgan, bu orqali u nafaqaxo‘r pulini saqlaydigan hisob raqamlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik ayol pensionerning pullarini o‘g‘irlab ketdi
ePN