14:52 / 09.06.2023
123

Pentagon Ukrainaga 2 mlrd dollarlik yangi Patriot va GEM-T raketalarini yuboradi

Pentagon Ukrainaga 2 mlrd dollarlik yangi Patriot va GEM-T raketalarini yuboradi
Foto: Reuters
AQSH Mudofaa vazirligi 9 iyun, juma kuni Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qiladi. Bu haqda Bloomberg AQSH ma’muriyatining ismini oshkor etmagan rasmiylariga tayanib, xabar berdi.
 
Xususan, paket doirasida ajratilgan pul Hawk raketa qurilmalari va o‘q-dorilar, shuningdek, Patriot havo hujumidan mudofaa tizmi uchun ilg‘or raketalarni sotib olishga sarflanadi. Bunday raketalar ikki turda bo‘ladi — Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqarilgan Missile-3 hamda Raytheon Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan Guidance Enhanced Missile (GEM-T) raketalari.
 
Bloomberg agentligiga ko‘ra, harbiy yordamning yangi paketi tahlilchilar Ukraina qarshi hujumga o‘tganini da’vo qilayotgani fonida e’lon qilinmoqda.
 
Yordam paketi USAI — “Ukrainaga yordam berish tashabbusi” bilan bog‘liq. Bu tashabbus Ukrainani qisqa fursatda jang maydonida qurollantirish emas, balki uzoq muddatda qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
 
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden G7 sammitida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Kiyev HIMARS tizimlari va boshqa tankka qarshi raketalar uchun qo‘shimcha snaryadlar olishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi. Paket summasi 375 million dollarni tashkil etdi. Urush boshidan beri Vashington 21 may holatiga ko‘ra, Kiyevga 37,3 milliard dollar miqdorida harbiy yordam yubordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Ukrainaga 2 mlrd dollarlik yangi Patriot va GEM-T raketalarini yuboradi
ePN