17:20 / 16.06.2023
126

Amerikalik erkak 3,13 soniyada kubik-rubikni terib jahon rekordini o‘rnatdi (video)

Foto: “Pravila jizni”

Amerikalik 21 yoshli Maks Park 3×3 o‘lchamdagi kubik-rubikni 3,13 soniyada terib, jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Park rekord o‘rnatmasidan oldin o‘z kuchini boshqa kubik-rubikda sinab ko‘rish imoniyatiga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng, yordamchi unga quti ichidagi kubik-rubikni taqdim etgan va ushbu jarayonni videoga olgan. Parkda o‘yinchoqni terishidan oldin uni ko‘zdan kechirish va qanday harakat qilishini o‘ylash imoniyati bor edi. Natijalarga ko‘ra u kubik-rubikni 3,13 soniyada terib mutlaq jahon rekordini o‘rnatgan.

Avvalgi rekord 2018-yilda kubik-rubikni 3,47 soniyada tergan xitoylik Du Yuyshenga tegishli edi.

2022-yilning sentabr oyida Maks Park birdaniga beshta 3×3 o‘lchamdagi kubik-rubikni terish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan, u bunga o‘rtacha 4,86 ​​soniya sarflagan. Shundan so‘ng Park kubik-rubiklarni terish bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan. Ushbu turdagi kubik-rubikni terish bo‘yicha birinchi o‘rin o‘yinchoqni 4,69 soniyada yasagan xitoylik Yihen Vanga tegishli.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak 3,13 soniyada kubik-rubikni terib jahon rekordini o‘rnatdi (video)
ePN