21:47 / 25.06.2023
856

Britaniyalik general: “Vagner” Kiyevga hujumini Belorussiya hududidan boshlashi mumkin

Britaniyalik general: “Vagner” Kiyevga hujumini Belorussiya hududidan boshlashi mumkin
Britaniyalik general Lord Dannatning so‘zlariga ko‘ra, agar Prigojin qo‘lida katta jangovar kuch to‘plagan bo‘lsa, u yana xavf tug‘dirishi mumkin.
 
Uning Belarusga ketgani ba’zi xavotirlarni uyg‘otadi. Agar Prigojin atrofida jangovar kuchlarni saqlab qolgan bo‘lsa, u yana Kiyevga eng yaqin bo‘lgan Ukraina qanotiga xavf tug‘diradi”, – deydi u Sky News nashriga.
 
Uning fikricha, Ukrainaga qarishi urushlarda Rossiya yana “Vagner” yollanma askarlaridan foydalanishi mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, “Vagner” xususiy harbiy shirkati jangchilarining Moskvaga harakati Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatilgan edi.
 
Ayni paytda Prigojinning matbuot xizmati uning hali aloqaga chiqmasligini ma’lum qilgan.
 
U oxirgi marta Rostovdan ketganida ko‘rinish bergan, hozir qayerda ekanligi noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik general: “Vagner” Kiyevga hujumini Belorussiya hududidan boshlashi mumkin
ePN