NASA Xabbl teleskopidan foydalanish shartnomasi muddatini yana 5 yilga uzaytirdi

AQShning aeronavtika va kosmonavtika bo‘yicha milliy boshqarmasi (NASA), kutilganidek, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish maqsadida mashhur orbital teleskop Xabbldan foydalanish shartnomasini yangidan tuzdi. Yangi shartnoma 2021 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Shartnoma Amerika astronomiya bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boruvchi universitetlar Assosiasiyasi bilan imzolandi. Shartnoma summasi 196,3 $ ni tashkil qiladi.
Yaqindagina NASA rahbariyati barcha kosmik teleskoplar, shuningdek bir necha vaqt oldin nosozliklar bilan to‘qnashgan Kepler ham o‘z ishlarini Er orbitasiga yaqin hududda davom ettiradi. Bu fikr maxsus komissiya tavsiyasiga ko‘ra qabul qilindi. Komissiya barcha loyihalarni ko‘rib chiqqach NASAga izlanish ishlarini davom ettirishga chaqirdi.
Manba: Tass.ru “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing