NASAning yangi Oy missiyasida kimlar ishtirok etadi?

AQSHning NASA agentligi “Artemida-3” Oy missiyasida ishtirok etadigan to‘rt nafar astronavt nomini ma’lum qildi. Xyustondagi Lydon B. Johnson kosmik markazida o‘tkazilgan tadbirda amerikalik astronavtlar Andre Duglas, Frank Rubio va Rendi Bresnik, shuningdek, italiyalik Luka Parmitano missiya tarkibiga kiritilgani ma’lum qilindi.
Avvalroq Yevropa kosmik agentligi ushbu missiyada ishtirok etadigan ilk yevropalik astronavt nemis bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Biroq yakuniy tanlovda sinov uchuvchisi tajribasiga ega Luka Parmitano afzal ko‘rildi.
Dastlab “Artemida-3” doirasida insonlarni Oyga tushirish rejalashtirilgan edi. Ammo NASA 2026 yilda missiya konsepsiyasi o‘zgarganini ma’lum qildi. Yangi rejaga ko‘ra, ekipaj past Yer orbitasida qolib, SpaceX va Blue Origin kompaniyalari ishlab chiqayotgan Oy qo‘nish modullari bilan tutashuv amaliyotlarini bajaradi.
“Artemida-3” missiyasi 2027 yilga rejalashtirilgan bo‘lsa, NASAning Oyga navbatdagi pilotli qo‘nishi hozircha 2028 yilga qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil aprel oyida “Artemida-2” missiyasi ekipaji Yerga muvaffaqiyatli qaytgan va “Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr masofagacha uzoqlashib, yangi rekord o‘rnatgan edi.





























Izohlar 0
…