date
views 349

Afrikadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan bananlar orasida 50 kilo kokain topildi

Afrikadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan bananlar orasida 50 kilo kokain topildi

Foto: Rossiya Federal bojxona xizmati

Afrikadan O‘zbekistonga olib ketilayotgan bananlar orasidan 50 kilo kokain topildi. Yuk belgilangan manzilga yetib bormagan: Sankt-Peterburg portida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Rossiya Federal bojxona xizmatining ma’lum qilishicha, narkotik moddalar “Gavan” bojxona postiga kelgan o‘nlab refrijeratorli (sovitkichli) konteynerlarning biridan topilgan. Konteyner skaner qilinganda inspektor monitorda sovitish moslamasining yashirin bo‘shlig‘ida yot buyumlar yashirilganini ko‘rgan.

Tekshiruv natijasida plyonkaga qadoqlangan oq kukunli 50 dona briket topilgan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, u kokain ekanligi aniqlangan.

Foto: Rossiya Federal bojxona xizmati

Hujjatlarga ko‘ra, yuk Afrika davlatlaridan Yevropa orqali O‘zbekistonga turli dengiz kemalarida tranzit orqali olib ketilayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (narkotik moddalar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan bananlar orasida 50 kilo kokain topildi