Foto: ridus.ru
Moldova OAVlarining xabar qilishicha, yo‘lovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi va Kishinyovga Turkiyadan uchib kelgan. Unga mamlakatga kirishni taqiqlashgan va u o‘zini qayta uchib ketish zonasiga kuzatib borayotgan chegarachining to‘pponchasini qo‘lga kiritib, uni otib o‘ldirgan. Yana yo‘lovchilardan biriga ham o‘q uzib o‘ldirgan, shundan so‘ng barrikada ortiga berkingan.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:30 larda to‘pponchali jinoyatchi FULGER politsiya maxsus kuchishlatar bo‘linmasining shturmidan so‘ng qo‘lga olingan.
Turli taxminlarga ko‘ra, u «Vagner» xususiy harbiylashgan kompaniyasining yollanma jangarisi bo‘lishi mumkin.
Otishma chog‘ida Kishinyov xalqaro aeroportidan personal va yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. 30 iyun kuniga belgilangan aviaqatnovlar noma’lum muddatgacha kechiktirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!