Qirg‘iziston prezidenti «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi

Qirg‘iziston prezidenti «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi
Qirg‘iziston prezidenti «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

1 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MadWay Rally xalqaro loyihasi vakillari bilan uchrashdi. Poyga 24 iyundan 1 iyulgacha Qirg‘izistonda o‘tkazildi.

Prezident ma’muriyati Japarovning apokalipsisdan keyingi davr haqidagi Mad Max: Fury Road («Tentak Maks: shiddatli yo‘l»)  mashhur filmidan ilhomlangan holda yasalgan mashinalardan birini boshqarayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

«Tentak Maks: shiddatli yo‘l» filmi avstraliyalik rejissyor Jorj Miller tomonidan suratga olingan va 2015 yilda ekranlarga chiqqan. U juda ko‘p xalqaro sovrinlarga munosib ko‘rilgan, jumladan 6 ta «Oskar»ga sazovor bo‘lgan.

Qirg‘iziston prezidenti «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi

Qirg‘iziston prezidenti «Tentak Maks» uslubidagi avtomobilda sayr qildi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar