25 yoshli futbolchi Jahon chempionatidan uyga qaytgach, o‘z joniga qasd qildi

Bugun, 11 iyul kuni Janubiy Afrikaning “Mamelodi Sandauns” klubi hamda milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jeyden Adams 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda Soccer Laduma nashri xabar berdi.
Hozircha futbolchining o‘limi sababi rasman ochiqlanmagan. Ayrim ommaviy axborot vositalarida dastlabki ma’lumotlarga tayanib, u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Jeyden Adams 2025 yilda “Mamelodi Sandauns” safiga qo‘shilgan bo‘lib, jamoa libosida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Unga qadar esa besh yil davomida “Stellenbosh” klubi sharafini himoya qilgan.
Yarim himoyachi 2025–2026 yilgi mavsumda “Mamelodi Sandauns” bilan Afrika Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Janubiy Afrika milliy terma jamoasi safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Adams 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida jamoasining uchala uchrashuvida ham maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan. Kanadaga qarshi 1/16 final bahsida (0:1) esa ishtirok etmagan.






























Izohlar 0
…