
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
1 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MadWay Rally xalqaro loyihasi vakillari bilan uchrashdi. Poyga 24 iyundan 1 iyulgacha Qirg‘izistonda o‘tkazildi.
Prezident ma’muriyati Japarovning apokalipsisdan keyingi davr haqidagi Mad Max: Fury Road («Tentak Maks: shiddatli yo‘l») mashhur filmidan ilhomlangan holda yasalgan mashinalardan birini boshqarayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
«Tentak Maks: shiddatli yo‘l» filmi avstraliyalik rejissyor Jorj Miller tomonidan suratga olingan va 2015 yilda ekranlarga chiqqan. U juda ko‘p xalqaro sovrinlarga munosib ko‘rilgan, jumladan 6 ta «Oskar»ga sazovor bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar