Janubiy Koreyada tabiatdagi ranglarni aniq ko‘rsatuvchi LCD panellari ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi nanomaterial kashf etildi

Janubiy Koreyalik kimyogarlar yangi noorganik nanomaterial kashf qilishdi. Bu modda xatto kapalak qanotidagi mayda ranglarni ham aniq-ravshan ko‘rsatadi hamda bunday modda bilan ishlangan LCD panellari vaqt o‘tishi bilan o‘z hususiyatini yo‘qotmaydi.
Bu haqda mahalliy OAVga Seul universitetining tadqiqot guruhi rahbari Li Chjon Xyop ma’lumot berdi.
"Qo‘l ostimizdagi ilmiy uskunalar yordamida LCD panellar va quyosh batareyalari yaratishda ishlatish mumkin bo‘lgan noorganik xomashyo yaratishga muvaffaq bo‘ldik", - deya tasdiqlaydi Li Chjon Xyop. Uning aytishiga qaraganda mazkur modda titan oksidi ustida olib borilayotgan tajriba davomida kashf etilgan.
"Aslida, biz ikki o‘lchamli keng ko‘lamli ranglar tanloviga ega, fotonik kristalli modda ishlab chiqdik. Uni yorug‘likda ham ko‘z ilg‘aydi va u o‘z hususiyatlarini yo‘qotmaydi", - deb qo‘shimcha qiladi professor
Loyiha Koreya Respublikasining fan va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ilmiy tekshirish Vazirligi hamda Koreya tadqiqotlar jag‘armasining moddiy ko‘magi va hamkorligida amalga oshirildi.
Davlat rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan boshqa ilmiy ishlanmalar kabi ushbu kashfiyot ham yaqin kelajakda Janubiy Koreya ishlab chiqarish sanoati amaliyotida qo‘llaniladi.
Olimlarning tushuntirishicha, zamonaviy ishlab chiqarish sanoatida bo‘yoq bo‘yicha muammo mavjud: vaqt o‘tishi bilan mahsulot yuzasi o‘zining ilk ko‘rinishini yo‘qotadi. Mutaxassislar bu to‘rt rangdan biri - sariq rangning aks ettiruvchi molekulyar tuzilishdagi oksidlanish tufayli yuzaga kelishini aytib o‘tishdi. "Bizning ishlanma mana shu etishmovchilikni bartaraf qiladi", - deya mutaxassislar va’da berishdi.
Manbaa: Tass.ru “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing